Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik

22.08.2016, 13:02 Yangiliklar 3874

O‘zbekiston Respublikasi Davlat  mustaqilligining yigirma besh yillik bayramini munosib kutib olish,xalqimiz orasida o‘zaro mexr-oqibat va hamjihatlikni yanada uchaytirish,hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etilishi  hamda mamlakatimizda 21-22 avgust kunlari umumxalq xayriya xasharini o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida keng ko‘lamli ishlar olib borildi.Jumladan, institutda umumxalq xayriya xasharini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha rektor boshchiligida ishchi guruhi shakllantirildi xamda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Ikki kun davom etgan xasharda institut professor-o‘qituvchilari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “ Kamolot” YoIX a’zolari va xodimlar astoydil mexnat qilib, institut binolari xududlarining sanitariya holatini yaxshilashga, yer maydonlarini ko‘kalamzorlashtirilishiga, xududlardan maishiy va qurilish chiqindilarini chiqarib tashlashga, auditoriyalarni o‘quv kuni boshlanishiga tayyorlash kabi kunning eng dolzarb vazifalarini bajarishda juda xam faol bo‘ldilar.

 

TDSHI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi