Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida universitet rektorining maqolasi chop etildi

29.08.2026, 13:41 Yangiliklar 102

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 29-avgustdagi sonida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchexra Rixsiyevaning “Yangilanayotgan tarixiy sivilizatsion aloqalar: iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy, madaniy va ilmiy aloqalarning bugungi kundagi strategik sheriklik darajasi, ta’lim hamda innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari keng yoritilgan. Xususan, mamlakatimizda Hindistonning yetakchi universitetlari filiallarining faoliyat yuritayotgani, qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlangan.

Maqolaning to‘liq matni bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2026-yil 29-avgust sonida tanishishingiz mumkin.