Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yaponiyaning TSUNEISHI LAND & SEA INC. kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

06.07.2026, 12:31 Yangiliklar 54

2026-yil 6-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Yaponiyaning TSUNEISHI LAND & SEA INC. kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari, jumladan turizm, mehmondo‘stlik, kruiz xizmatlari, dam olish maskanlarini boshqarish hamda mintaqaviy rivojlanish loyihalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kompaniyaning xorijiy mutaxassislarni tayyorlash, texnik amaliyot (stajirovka) dasturlarini yo‘lga qo‘yish va xalqaro kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ko‘p yillik tajribasi taqdim etildi.


Tomonlar talabalarni Yaponiyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari, kasbiy tayyorgarlik, yapon tili kurslari, mehnat xavfsizligi bo‘yicha treninglar hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.