Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaqin Sharq muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlangan davra suhbati

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2023-yil 25 mart kuni Yaqin Sharq muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlangan “BMT modeli” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i L.To‘rayev va Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi direktori Q.Haqberdiyevlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida talaba delegatlar xalqaro xavfsizlik, gumanitar hamkorlik, shuningdek, Afg‘onistondagi transport va logistika yo‘laklari masalalariga oid o’z mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbatidan ko’zlangan maqsad talabalarning jahon va mintaqadagi xalqaro siyosiy vaziyatga qiziqishini oshirishdan iborat.

1

2

3

01.05.2023, 14:41 691