Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yashnobod tumani xalq ta’limi bo’limi bilan o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi

16.10.2019, 14:49 Yangiliklar 1634

16-oktabr kuni Yashnobod tumanidagi 69-o’rta umumta’lim maktabida Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda ToshDSHI hamkorligida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish vazifalariga bag’ishlangan, xususan, ToshDSHI va Yashnobod tumani umumta’lim maktablari o’rtasidagi ustoz-shogird an’anasini yo’lga qo’yish masalalari bo’yicha tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir davomida ToshDSHI, tuman hokimligi va Xalq ta’limi bo’limlari o’rtasida o’zaro hamkorlik bitimi imzolandi.

Bitimga ko’ra, ToshDSHI professor-o’qituvchilari va talabalari bilan sohaga oid yangilikar, ta’limning rivojlanish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ta’lim-fan integratsiyasi, ilmiy tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, talabalar amaliyotini tashkil qilish va kelgusi vazifalarni belgilab olish yuzasidan Yashnobod tumanida joylashgan 29 ta o’rta va 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda doimiy uchrashuvlar o’tkazib boriladigan bo’ldi.

F26D979D-170A-4DCB-AB98-B76345CC5A25D3209647-C594-47BF-8096-99CD5858FEF9F1DCF8E4-4524-498B-B827-70CC7E8E6EEC4FFCD235-00D4-46C4-B12E-7BE5DA133D49F749E9FF-E33E-4018-98CF-C9BDF4BA723B