Yevropa Ittifoqi universitetlari bilan B2B uchrashuvlar
Samarqand shahrida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida Markaziy Osiyo va Yevropa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali B2B uchrashuvlar tashkil etildi.
TDSHU delegatsiyasi Anna Tozzi (L’Akvila universiteti), Pyotr Stepnovskiy (Gdansk universiteti) hamda boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar davomida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.



