Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh sharqshunos-tahlilchilar anjumani

10.11.2021, 20:16 Yangiliklar 1421

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Sharqshunos tahlilchilar intellektual klubi tomonidan 2021-yilning 6-noyabrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: yangi imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

2

Suhbat davomida sharqshunos talabalar tomonidan Oʻzbekistonning Janubiy va Markaziy Osiyodagi tashqi siyosati, undagi oʻrni va roli, oʻzaro hamkorlik masalalari va ularning istiqbollari mavzusi yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar tinglandi. Anjuman davomida maʼruzachilar tomonidan bildirib oʻtilgan fikr va mulohazalar soha ekspertlari tomonidan ilmiy tahlil etildi hamda tegishli tavsiya va xulosalar keltirildi.

3

Ta’kidlash joiz-ki, ushbu dolzarb mavzuning talabalar nigohida oʻrganilishi nafaqat ularning ilmiy salohiyati oshishiga, balki siyosiy voqeliklarni toʻgʻri baholash va muammolarni obyektiv mushohada qilishga chorlaydi.

TDSHU Matbuot xizmati