Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yozuvning paydo bo’lishi” mavzusidagi “Ibtido” ko’rsatuvida ToshDSHI fan doktorining ishtiroki

09.12.2019, 11:20 Yangiliklar 1536

7-dekabr kuni O’z MTRKning “O’zbekiston tarixi” kanalida “Ibtido” turkum ko’rsatuvlari doirasida “Yozuvning paydo bo’lishi” mavzusida ko’rsatuv yozib olindi. Ko’rsatuvda yozuvning paydo bo’lishi, uning shakllanishi, yoyilish o’rinlari to’g’risida mutaxassislar fikri eshitildi. Unda akademik tarixchi Ahmadali Asqarov, tarix fanlari doktori G’aybulla Boboyorov hamda ToshDSHIdan filologiya fanlari doktori Rixsitilla Alimuhamedov ishtirok etdilar. Ko’rsatuvni Shoira Raufbayeva olib bordi. Suhbat davomida O’rta Osiyo hududida tarqalgan turkiy yozuvlar haqida ham so’z bordi. Bular to’g’risida suhbat davomida alohida to’xtab o’tildi.

Mazkur ko’rsatuv joriy yilning 21-dekabr kuni O’zbekiston tarixi kanalida soat 20-00 da efirga uzatiladi.

photo_2019-12-19_11-33-02