Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

YUNESKO xalqaro mukofoti e’lon qilinadi

29.05.2020, 11:26 E'lonlar, Tanlov 1962

YUNESKO ishlari buyicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan “Savodxonlik ta’limi: muallimlarning o‘rni va pedagogikaning o‘zgarishi” mavzusiga bag‘ishlangan Savodxonlik sohasidagi Xalqaro mukofoti e’lon qilinadi. Mazkur tanlov quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Qirol Sejong nomidagi Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti;
– Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Qishloq hududlaridagi katta yoshlilar va xotin-qizlar savodxonligini oshirish”ga hissa qo‘shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti.

Tanlov shartlariga ko‘ra, Qirol Sejong nomidagi mukofot ikki nafar nomzodga hamda Konfutsiy nomidagi mukofot uch nafar nomzodga taqdim etiladi. Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va 20 000 AQSh doll. miqdorida pul mablag‘lari bilan mukofotlanadilar.
Mazkur YUNESKO tanlovi buyicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacy/prizes

Ushbu savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ilp/account veb-sahifasida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Oxirgi muddat: 2020 yil 28 iyun

Nomzod tomonidan tuldirilgan anketaning elektron shakli (PDF) YuNESKO ishlari buyicha Uzbekiston Milliy komissiyasining quyidagi elektron manziliga yuborilishi kerak: unesconatcom@umail.uz

YUNESKO so‘roviga ko‘ra onlayn taqdim etilgan nomzodnomalar YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyati tomonidan 2020 yil 12 iyul’ kuniga qadar tasdiqlanadi.
Tanlov bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot uchun literacyprizes@unesco.org elektron manziliga ham murojaat qilish mumkin.