Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Zangiota tumani 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida davra suhbati o’tkazildi

07.12.2018, 10:36 Yangiliklar 2196

2018-yilning 6-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar kafedrasi doktoranti O.Alimov, Tarjimashunoslik doktoranti H.Zikrullaeva, Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi doktoranti D.Xudjanova Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida 5-10-sinf o’quvchilari ishtirokida “Men shu aziz vatan farzandiman” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Doktorantlar Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ta’lim olish jarayonida nafaqat sharq tillarini, balki xorijiy sharq mamlakatlarining adabiyoti, madaniyati, falsafasi,  tarixi, iqtisodiyoti, siyosatini o’rganish mumkinligi haqida ma’lumotlar berdilar, hamda ilmiy tadqiqot olib borish va mamlakatimizda ilm-fan rivoji to’g’risida ham to’xtalib o’tdilar. Davra suhbati so’nggida doktorantlar o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

IMG_20181212_203504_498 IMG_20181212_203527_353