Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Yaponiyaning Kansay universiteti bilan hamkorlikda Yaponiya iqtisodiyoti bo‘yicha turkum onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.

09.02.2021, 16:32 Yangiliklar 1660

 2021- yil 9- fevraldan  Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Yaponiyaning Kansay universiteti bilan hamkorlikda Yaponiya iqtisodiyoti bo‘yicha turkum onlayn darslar yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur darslar universitetlar o‘rtasida 2019- yil dekabr oyida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida tashkil etildi.
Kansay universiteti professori Masaxiro Tokunaganing ma’ruzalari “Globallashuv davrida Yaponiya iqtisodiyoti”, “Yaponiyaning investitsiya siyosati”, “Yaponiyada korporativ menejment”, “COVID19 pandemiyasi sharoitida Yaponiya iqtisodiyoti”, “Yaponiyaning iqtisodiy siyosati”, “Yaponiyaning moliyaviy institutlari va bank faoliyati” mavzularini qamrab oladi.
Joriy o‘quv yilida Yaponiya bilan bunday amaliyot ikkinchi marta amalga oshirildi. Jumladan, o‘tgan yil oktabr oyidan yaponiyalik amaliyotchi mutaxassis, UBS Bank, BNP Paribas, Dresdner Bank AG, Union Bank of Switzerland moliyaviy tashkilotlarida rahbar lavozimlarida ishlagan Xachiro Yamamotoning “Yaponiya moliya tizimi” bo‘yicha turkum ma’ruzalari yo‘lga qo‘yilgandi.
Ta’kidlash joiz, hozirda TDSHUda 76 nafar talaba Yaponiya iqtisodiyoti bo‘yicha tahsil olmoqda. Yaponshunoslik fakulteti o‘quv jarayoniga esa 3 nafar yaponiyalik filolog mutaxassis jalb qilingan.
Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida yaponshunoslik sohasi 30 yildan beri rivojlanib kelmoqda hamda ushbu mamlakat bo‘yicha mutaxassislar kompleks tayyorlanmoqda.

2

3

 

 

 

 

(http://uza.uz/oz/society/zbekiston-yapertoniya-amkorlikning-zamonaviy-bos-ichi)

Universitet matbuot xizmati