Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Navoiyni yod etib

09.02.2021, 17:00 Yangiliklar 1971

Bugun, 9-fevral kuni buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Аlisher Navoiy tug‘ilgan kuniga 580 yil to‘ldi.

Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Navoiy ijodini o‘rganish anʼanaga aylangan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Navoiyni yod etib” deb nomlangan maʼrifiy-badiiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirni universitet rektori, dotsent Gulchexra Rixsiyeva ochib berdi. Shuningdek, Professor Qosimjon Sodiqovning “Navoiyning tilshunos sifatidagi ishlari” mavzusidagi maʼruzasi amaliy misollar asosida eshitildi.
Tadbir faqat Navoiy ijodi bilan chegaralanib qolmasadan o‘zini Navoiyga bagʼishlagan ustozlar “Navoiyshunos ustozlarni yod etib” mavzusidagi videorolik orqali yodga olindi.
Tadbirni bezagan talabalarning chiqishlari: g‘azalxonlik, sahna ko‘rinishlari va mumtoz qo‘shiqlar tomoshabinlarni bir muddat Navoiyning ijod olamiga sayr qildirdi.
Tadbir so‘ngida o‘zlarining va o‘zgalarning Navoiy haqidagi ilmiy boyliklari oshishiga sababchi bo‘lgan talabalar universitet rektori tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

1 2 3 4            5               6             7              8