Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Erga TDSHUning faxriy professori ilmiy unvoni berildi

24.02.2021, 12:55 Yangiliklar 2082

Bugun 2021-yil 23-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga   Turkiyaning O’zbekistondagi missiyasini tugatayotgan favqulotda va muxtor elchisi Mehmet Surreyya Er  tashrif buyurdi. Tashrif davomida Mehmet Surreyya Erga TDSHUning faxriy professor unvoni berildi.

Tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Nodir G‘aniyev elchiga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga, xususan, ta’lim va ilm-fandagi hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan hissasi hamda sohadagi islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er mamlakatimizda turkshunoslik sohasi rivojiga katta hissa qo‘shdi. 2019-yil noyabr oyida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti delegatsiyasining Turkiyaga safarini amalga oshirishda hamda Anqara, Istanbul, Marmara, G‘ozi, Anqara Hoji Bayram Vali universitetlari bilan anglashuv memorandumlari imzolashda va yana boshqa ko’lab hamkorlik ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatdi. 
Shuningdek, elchi Mehmet Sureyya Er o‘ziga bildirilgan yuksak hurmat va e’htirom uchun TDSHU rahbariyatiga minnatdorchiligini o’zvek tilida izhor etdi hamda kelgusida ta’lim va ilm-fan sohasida universitet bilan yaqindan hamkorlik qilish niyati borligini alohida qayd etdi.

https://www.uza.uz/uz/posts/turkiya-elchisiga-faxriy-professor-unvoni-berildi_243891

 

03        04        022

 

 

Universitet matbuot xizmati