Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Rektorga savolim bor”

25.02.2021, 22:43 Yangiliklar 2042

Rektor va talabalar uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda TDSHU rektori G.SH.Rixsiyeva va universitetning barcha bosqichdagi guruh sardorlari hamda iqtidorli talabalari qatnashdilar.

“Rektorga savolim bor” mavzusida o’tkazilgan ochiq muloqot davomida talabalar savollar berish bilan birga, o’z takliflari, fikr va mulohazalarini bildirdilar. Talabalar tomonidan eng ko’p takliflar universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faoliyatiga  doir bo’ldi. Talabalar tomonidan bildirilgan universitetda  kitob yarmarkalarini tez-tez  tashkil etish taklifi G.SH.Rixsiyeva tomonidan ma’qullandi. 

Ko’plab savol-javoblarga boy bo’lgan uchrashuvda universitet rektori  talabalarning takliflari,  fikr va mulohazalarini inobatga olib, ularni amalga oshirishda ko’maklashishini aytdi.  Ayrim fikrlarga universitet rektori tomonidan tushuntirishlar berildi.

Universitet rahbariyati talabalar sifatli bilim olishlari uchun doimo harakatda ekanliklarini ma’lum qilib, bu kabi ochiq muloqotlarni tez-tez tashkil etish, yoshlarning  xohish va istaklarini inobatga olib, ularni amalga oshirish asosiy maqsadlaridan biri ekanligini aytdi.

“Kelajagimiz umidi bo’lgan aziz  yoshlar, qadrli talabalar! Sizdan umidimiz katta. Sizlar shu universitetning yuzisiz. Shu sabab har tomonlama yetuk va mukammal inson bo’lishingizni istaymiz. Buning uchun faqat bilim kifoya emas. Yuksalishingizda aql-u zakovat bilan birga sizning odob axloqingiz, ma’naviyatingiz va madaniyatingiz ham alohida o’rin tutadi. Bularga amal qilsangiz kelajkkka qo’ygan maqsadingizga albatta erishasiz”- deya yoshlarni ma’naviy barkamollikka chorlagan holda yig’lishni yakunladi univesitet rektori G. SH. Rixsiyeva.

CA0B8A0D-87B3-42B2-A1DA-DD65DF02A66F

0A04091A-5C41-4279-9528-55945B750A55

ECC2D8D4-1E69-463B-ADA6-9861F849C1EB

Universitet  matbuot  xizmati