Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindiston madaniy aloqalar kengashi prezidenti Vinay Sahasrabuddhe TDSHU mehmoni

01.03.2021, 17:11 Yangiliklar 130

1- mart kuni martabali mehmon Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida TDSHU va Hindiston madaniy aloqalar kengashi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Imzolangan memorandum kengash tomonidan TDSHUga Hindistondan volontyor professor-o‘qituvchilarni yuborish,  birgalikda sohaga  doir  o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarda xizmat qiladi.

Shuningdek, uchrashuvda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva martabali mehmonga oliy o‘quv yurti faoliyati, hindshunoslik sohasida erishilgan yutuqlar hamda Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi bilan olib borilayotgan hamkorlik haqida ma’lumot berdi. Kengash uzoq muddat davomida TDSHUdagi ko‘plab hindshunos olimlarning Hindistonga malaka oshirish, stajirovka, konferensiyalarda ishtirok etish uchun safarlarini moliyalashtirishda yordam berib kelgani uchun mehmonga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Martabali  mehmon  Vinay Sahasrabuddhe “O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda ta’lim va ilm-an sohasida eng rivojlangan davlatlardan biri deb bilaman. TDSHU haqida Hindistonda olimlarimiz va hamkasblarimiz tomonidan ko‘p eshitgan edim.  Bugun mazkur dargohga kelganimdan juda xursandman. Mamlakatimizni kompleks ravishda o‘rganilishida berilayotgan e’tibor uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Kelajakda birgalikda ko‘plab qo‘shma tadbirlarni amalga oshiramiz degan umiddaman” – deya mamnuniyaini izhor etdi.

53D5ECC6-D03D-49DD-B4A5-FF3543C5FCC0

2D8B40A1-298A-4E0C-8412-4C2576160982

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: