Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Misr Arab Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

03.03.2021, 00:14 Yangiliklar 1830

2021-yil 2-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva martabali mehmonga Misr oliy ta’lim muassasalari bilan qisqa fursat davomida hamkorlikda amalga oshirilgan qo‘shma tadbirlar hamda arabshunoslik sohasida istiqbolda rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, elchixona xodimlariga doimiy muloqotda bo‘lgani va tizmili olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Misr elchisi Amira Fahmi Misr oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, arabshunoslikni rivojlantirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Uchrashuvda Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida arabshunos mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston va Misr tarixi, madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ishlarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Amira Fahmi TDSHU Arab filologiyasi kafedrasi huzurida Misr madaniyat markazini tashkil etish taklifini hamda universitetning Misr oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi tadbirlar elchixona tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng elchi TDSHUda tashkil etilgan “Misr oyligi” loyihasi doirasida arabshunos talabalar o‘rtasida arab yozuvi xattotligi, arab tili bo‘yicha notiqlik san’ati, “Misrni bilasizmi?” viktorinasi hamda talabalarning badiiy chiqishlari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Tanlovlarda arab tili, Arab mamlakatlari tarixi, iqtisodiyoti va siyosatini o‘rganuvchi talabalar, litsey  o‘quvchilari qatnashdi.
G‘oliblar Misr Arab Respublikasi elchixonasi tomonidan taqdirlandi.

EC50BC74-F73B-4AD8-B115-FC13405C8C70

61DDC88B-D63F-4809-9AE9-F8BEEFB22044

6F161B3C-147F-4825-BE38-8586B73865B2

56BDE104-224D-483D-B973-376313685A39

575EBAC8-A1A9-425D-99F3-5FBF2C52DEE2

EC16C512-B3FE-42D2-8B77-6D6B79A1B5C1

4458C42D-9A9E-4342-849B-E197A14C7884

4EDDDA81-E4D7-49BA-B03F-30B18A27839B

A528EDBB-8E67-44B1-9651-FD03B32BB93E