Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Barqaror rivojlanish talimi sohasidagi YUNЕSKO va Yaponiya hukumati tomonidan yana bir tanlov tashkil etildi

15.03.2021, 21:05 E'lonlar 1857

Barqaror rivojlanish ta’limi sohasidagi YUNЕSKO va Yaponiya hukumati mukofotining 2021-yil uchun tanlovi e’lon qilindi.Ushbu mukofot tanlovida ishtirok etish uchun Barqaror rivojlanish talimini keng targ‘ib qilishga va rivojlantirishga hissa qo’shib kelayotgan taniqli olim, olimalar guruhi yoki muassasa nomzodi tavsiya etilishi mumkin.
Har bir azo davlatdan tavsiya etiladigan nomzodlar soni 3 nafar etib belgilangan.
Tanlovdagi mukofot miqdori 150 ming AQSH dollarini tashkil etib, uch nafar laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Tanlovda nomzodlar 4 yil davomida Barqaror rivojlanish ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalari va olib borgan faolyati natijalari bilan ishtirok etishi ta’kidlab o‘tilgan.
Hujjatlarni to‘ldirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bilan quyidagi havoladaorqali tanishishhamda ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. 👇🏻

http://en.unesco.org/prize-esd

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirilib, tegishli materiallar (fotosurat va videolavhalar) bilan birga joriy yilning 25-mart kuniga qadar TDSHU xalqaro hamkorlik bo‘limiga yuborshingiz  lozim.

Tanlov ilovasi quyida keltirilgan👇🏻

ESD-Prize-Brochure_copy

ESD-Prize_Call-for-application_copy

Xalqaro hamkorlik bo‘limi