Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“HAR KUNING O‘LSUN NAVRO‘Z” mavzuidagi bayram sayli va talabalar festivali o’tkazildi

19.03.2021, 18:12 Yangiliklar 2194

Navro‘z –xalqimizga xos ezgu qadriyatlarni o‘zida  mujassam etgan, eng sevimli bayramimizdir. Shu bois uni ilhaqlik bilan kutamiz, katta quvonch hamda xursanchilikda nishonlaymiz. Bebaho qadriyatlarimizni o‘zida uyg‘unlashtirgan, on-u shuurimizga ezgulik, yangilanish ayyomi sifatida muhrlangan  Navro‘z shukuhi bugun Toshkent davlat sharqahunoslik universitetida  ham  kezmoqda.“HAR KUNING O‘LSUN NAVRO‘Z” mavzusidagi bayram sayli va talabalar festivali munosabati bilan fusunkor tabiat bag‘rida,bahor taomlari tortilgan dasturxon atrofida  to‘plangan  TDSHUning barcha fakultetlari, kafedralari professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokidagi fayzli navro’z sayli universitet rektori G.SH.Rixsiyeva tomonidan ochib berildi. So‘ngra, universitetning barcha fakultetlari tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi kuy-qo’shiqlar, raqslar, qiziqarli viktorinalar hamda sport musobaqalari o‘tkazildi. Qolaversa, universitetning barcha fakultetlari kesimida Navro‘z dasturxoni bezatilgan bo‘lib ushbu  bayram dasturxoni tadbirning hay’at a’zolari tomonidan baholandi.

Yana bir e’tiborli jihati pandemiya sharoitida karantin qoidalariga rioya etgan holda tashkil etilgan Navro‘z tadbirlari universitetimizning xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilarida, OAV muhbirlarida o‘zgacha taasurot uyg‘otmoqda. Bu haqida gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan maqolalar misolida ko‘rishimiz mumkin.

D81D4C09-8275-40B4-BE36-7D39FEFFB641

0D33CFA1-019F-49C4-BDDB-7C416BD04D1C

2F0DFEBE-E321-4BAE-9EE8-9B2C903A8332

B73D8CFC-E1B7-4E36-A1C8-62145DFD4CCF

048E16A4-F90D-4EF0-B9A0-88E48F6FC54C

0178B839-0698-4CF7-A4F2-68AADCF31BDC

761D962D-74FF-4599-B227-DCE6119CFE28

0CF76D92-2E48-4A48-B761-892C3815AB3B

315D63B1-3442-4605-B687-BABF450FBA27

4072E842-72ED-4AB9-8397-7E538E0C715E

0892DA20-B9B0-453A-B6FC-753FE77914F9

EB91B345-BB17-44B4-9DE2-959ED9E01363

54AF7EA6-1691-4232-B698-D9780C939BF0