Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 82 39 / +998 95 515 15 05

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yoshlar va ilm-fan” mavzusida doktorant, mustaqil tadqiqotchi, magistrant va bakalavr talabalarining anʼanaviy ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

05.04.2021, 23:52 Yangiliklar 123

2021-yilning 5-aprel kuni “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti,  siyosati va turizm” fakulteti “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan “Yoshlar va ilm-fan” ruknidagi doktorant, mustaqil  tadqiqotchi, magistrant va bakalavrlarning anʼanaviy ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanni  “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti,  siyosati va turizm” fakulteti dekani Ch.Xusanov ochib berdi.

Anjumanda universitetning “Iqtidorli talabalarning ilmiy – tadqiqot faoliyatini tashkil etish” boʻlimi boshligʻi U. Berdiyev va “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri Sh.Ermamatovlar soʻzga chiqib, mazkur anjuman yosh tadqiqotchilarga oʻzaro fikr almashishlari, ilmiy tadqiqot qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoit yaratishini, kelajakdagi ilmiy ishlari uchun oʻziga xos tramplin vazifasini bajarishini taʼkidladilar.

Anjumanda Xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va siyosati, jumladan, xalqaro iqtisodiy integratsiya,  byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish yoʻllari hamda uning aholi turmush farovonligiga taʼsiri, islom moliyasi rivojlanishiga oid rus va oʻzbek tillarida ilmiy maʼruzalar muhokama etildi.

Konferensiya materiallari asosida toʻplam nashrdan chiqarildi. Toʻplam yosh mutaxassislar, magistrant va bakalavrlarning 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarini oʻz ichiga qamrab oldi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: