Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU delegatsiyasining oliy ta’lim sohasini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorligi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xalqaro hamkorlik borasida 2023-yilgi loyihalarini amalga oshirishni boshladi. Joriy yilning 28-yanvaridan 7-fevraliga qadar TDSHU delegatsiyasining Saudiya Arabistoni Qirolligi va Misr Arab Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi. Ushbu safar davomida mamlakatlardagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahridagi “ARABIC FOR ALL” tashkiloti, “RASANAH” Xalqaro eronshunoslik instituti, Tadqiqotlar va maʼrifatni rivojlantirish markazi, shuningdek, Podshoh Salmon xalqaro arab tili Akademiyasi, Podshoh Saud universiteti hamda Podshoh Abdulaziz universiteti bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi. Shuningdek, Misr Arab Respublikasining Helvon universiteti,
“Al-Hivar” siyosiy tadqiqlotlar markazi, Ayn-Shams universiteti, Qohira universiteti va Iskandariya universiteti rahbariyati bilan uchrashib, hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilg‘or loyihalar bo‘yicha kelishib olindi. Safar davomida TDSHU delegatsiyasi Misrda 2023-yilning 25-yanvardan 6-fevralga qadar davom etgan Xalqaro kitob ko‘rgazmasiga ham tashrif buyurdilar. Ushbu safar natijasida oliy ta’limga oid bir qator hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar doirasida kelishuvlarga erishildi.

22

11 33 44

30.03.2023, 16:38 1160