Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

BRM oyligi doirasidagi navbatdagi tadbir

2023-yil 6-aprel kuni “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” oyligi doirasida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Hindistonning Djamiya Milliya universiteti katta o‘qituvchisi Shiraz Khan “BRM 8: Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish” ma’ruzasi bilan, kafedra dotsentlari v.b. Azizova Nazira To‘xtayevna hamda Voxidova Mehri Xasanovna “Barqaror rivojlanish sharoitida offshorlar va ularning dolzarbligi: qarama-qarshiliklar” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Davra suhbatida barqaror rivojlanish sharoitida munosib mehnatni ta’minlash, Hindistonda munosib mehnatni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy ko‘rsatkichlari, offshor hududlar va ularning barqaror rivolanish sharoitidagi o‘rni tahlil qilindi.

11       22

10.04.2023, 14:49 704