Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik masalalariga bag‘ishlangan anjumanlar

TDSHUning Koreyashunoslik fakulteti bir guruh professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar 2023-yilning 16-17-iyun sanasida Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining 11-son Koreyashunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan “O‘zgaruvchan Markaziy Osiyo va koreyashunoslikning yangi paradigmasi” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar. Anjumanda Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, tadqiqotchi L.A. Alimovaning “Janubiy Koreyada konfutsiychilikning madaniy va gender munosabatlariga ta’siri” hamda Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, PhD D.R.Ashirbayevaning “Koreys va o‘zbek tillarida murojaat qilishdagi emotsionallik va ekspressivlik” mavzuidagi ma’ruzalari anjuman ishtirokchilarining alohida qiziqishlariga sabab bo‘ldi. Har ikki ma’ruza qizg‘in bahs-munozara bilan yakunlandi.

Bundan tashqari, 2023-yilning 10-14-iyul kunlari Janubiy Koreya Respublikasining Inchon shahrida  o‘tkazilgan navbatdagi chet elda koreys tili ta’limi masalalariga oid “21-Xalqaro koreys tili mutaxassislari anjumani” bo‘lib o‘tdi. Anjumanda TDSHU “Koreys filologiyasi” kafedrasi dotsenti (PhD) Yunusova Gulshoda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

photo_2024-05-29_09-13-56

29.05.2024, 11:05 207