Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik

So‘ngi yillarda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik koʻlami kengayib boryapti. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi oliy oʻquv yurti filiallari tashkil etilgan. Ulardan 12 tasi 2018-2021-yillarda ochilgan boʻlib, mazkur filiallarda 6 mingdan ortiq talaba tahsil oladi va 267 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Filiallarda 47 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquv jarayoni olib boriladi.

Ushbu faoliyatni inobatga olgan holda 2022-yil 26-27 oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya III taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomondan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etdilar. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ham ishtirok etdi.

Forum doirasida TDSHU hamda Rossiyaning bir qancha nufuzli universitetlari, xususan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Iqtisodiyot oliy maktabi, Sankt-Peterburg davlat universitetlari bilan shartnoma, chora-tadbirlar rejasi hamda akademik va ilmiy almashuvi bo‘yicha kelishuv hujjati imzolandi.

photo_2023-08-04_22-29-59

04.08.2023, 22:34 562