Dam olish kunlari Boysunda
#Turizm
»Dam olish kunlari Boysunda»
Surxondaryo viloyati Boysun tumanini – Ichki turizmni yanada faollashtirish, mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi va tabiiy maskanlarini keng targ‘ib etish maqsadida TDShU universiteti turizm ishchi guruhi tomonidan “Dam olish kunlari Boysunda” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida ishchi guruh a’zolari Boysun tumanining mashhur tarixiy, ziyorat va ekoturizm obyektlariga tashrif buyurib, hududning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.
Jumladan, ishtirokchilar ko‘p asrlik tarixi bilan mashhur bo‘lgan Sayrob chinori, o‘zining betakror tabiiy manzaralari bilan sayyohlarni jalb etuvchi Qizilnavr sharsharasi, muqaddas qadamjolardan biri hisoblangan Xo‘ja Qo‘chqor ota ziyoratgohi hamda tarixiy ahamiyatga ega Xo‘ja Mayxona maskanida bo‘ldilar.
Tashrif davomida mazkur obyektlarning tarixiy, madaniy va ma’naviy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Boysun tumaniga ichki va xorijiy turistlar jalb qilish uchun tumanda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari targ‘ib qilish, yoshlar va aholi o‘rtasida sayohat madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tadbir Boysunning boy tarixiy merosi, noyob tabiati va ziyorat turizmi salohiyatini keng jamoatchilikka tanitish hamda ichki turizm oqimini oshirishga xizmat qiladi.



