Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda matn tanlash” mavzusida mahorat darsi

30.12.2019, 17:21 Yangiliklar 1519

24-dekabr kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining qishki ta’til rejasiga muvofiq, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi professori, pashtushunos olim, filologiya fanlari doktori R.Inomxo‘jaev “Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda matn tanlash” mavzusida fakultet professor-o‘qituvchilariga mahorat darsi o‘tib berdi. Unda olim o‘rganilayotgan tildagi matnlar saviyasi va sathi, ularni qaysi jihatlariga ko‘ra tanlab olish zarurligi, darslik yaratishda matnlar asosida mashqlarni shakllantirish, interaktiv usullarni darsda qo‘llash uchun matndan qaysi usullarda foydalanish kabi ko‘plab masalalar haqida atroflicha so’zlab berdi. Ayni damda darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratayotgan fakultetning barcha o‘qituvchilari uchun bu masala juda manzur bo‘ldi hamda kelgusida ustozga bu bo‘yicha yana bir bor mahorat darsi o‘tib berish taklifi berildi.