Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

«Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda matn tanlash» mavzusida mahorat darsi

30.12.2019, 17:21 Yangiliklar 2616

24-dekabr kuni ToshDSHI Sharq filologiyasi fakultetining qishki ta’til rejasiga muvofiq, Eron-afg‘on filologiyasi kafedrasi professori, pashtushunos olim, filologiya fanlari doktori R.Inomxo‘jaev «Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni shakllantirishda matn tanlash» mavzusida fakultet professor-o‘qituvchilariga mahorat darsi o‘tib berdi. Unda olim o‘rganilayotgan tildagi matnlar saviyasi va sathi, ularni qaysi jihatlariga ko‘ra tanlab olish zarurligi, darslik yaratishda matnlar asosida mashqlarni shakllantirish, interaktiv usullarni darsda qo‘llash uchun matndan qaysi usullarda foydalanish kabi ko‘plab masalalar haqida atroflicha so’zlab berdi. Ayni damda darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratayotgan fakultetning barcha o‘qituvchilari uchun bu masala juda manzur bo‘ldi hamda kelgusida ustozga bu bo‘yicha yana bir bor mahorat darsi o‘tib berish taklifi berildi.

    WordPress Lab Hadkaur - Fitness and Gym WordPress Theme Hadona – One Product, WooCommerce WordPress Theme Hair Care – Responsive Salon WordPress Theme Halloween Rain – WordPress Plugin Halo – Multipurpose Shopify Theme OS 2.0 Halogen – Innovative Portfolio WordPress Theme Halstein – Business Consulting WordPress Theme Hama – Store Furniture Home WooCommerce WordPress Theme Hampton | Home Design and House Renovation WP Theme Hampton | Home Design and Renovation WordPress Theme