Ta’lim turizmi doirasidagi o‘quv, ilmiy-amaliy muloqot loyihasi
2025-yil 11–14-mart kunlari Ta’lim turizmi dasturi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Tokio chet tillari universiteti talabalari o‘rtasida o‘quv, ilmiy-amaliy muloqot loyihasi amalga oshirildi. Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan SDG 8 – munosib mehnat sharoitlarini rivojlantirish, yoshlar kompetensiyasini oshirish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Loyiha davomida ikki universitet talabalari “O‘zbekistonda yapon tilini o‘qitish tizimi”, “Til vaziyati”, “Iqtisodiyot”, “Arxitektura” kabi mavzular bo‘yicha ilmiy kuzatishlar va tahlillar olib bordilar. Ushbu jarayon talabalarning analitik fikrlashini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashinuvi orqali kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi.
O‘quv va ilmiy-amaliy muloqot natijasida yapon va o‘zbek talabalari nafaqat til va madaniyatni chuqurroq o‘rgandilar, balki xalqaro hamkorlik, kommunikativ kompetensiya hamda global mehnat muhitida ishlashga tayyorgarlik darajasini oshirdilar. Bu esa ularning kelajakdagi bandligi va professional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
https://tsuos.uz/en/ozbekiston-va-yaponiya-talabalari-ortasida-muloqot/
