Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi

2025-yil 17-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ish beruvchilar bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – munosib mehnat sharoitlarini yaratish, yoshlar bandligini oshirish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida amalga oshirildi.

Yarmarkada 50 dan ortiq davlat tashkilotlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, shuningdek yirik ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va davlat korxonalari ishtirok etdi. Bundan tashqari, 50 dan ortiq xususiy va qo‘shma korxonalar ham o‘zlarining 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Tadbir davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita suhbatlar tashkil etilib, talabalar mavjud ish o‘rinlari, mehnat bozori talablari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot oldilar. Natijada 600 dan ortiq bitiruvchi o‘z rezyumelarini tashkilot va muassasalarga taqdim etdi.

2025-yilda universitetni 1346 nafar bitiruvchi tamomlaydi, jumladan 1209 nafar bakalavr va 137 nafar magistratura bitiruvchilari. Ular filologiya, tarjimashunoslik, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, turizm, tarix va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olgan malakali kadrlardir.

Mazkur “Karyera kuni” tadbiri yosh mutaxassislarni mehnat bozoriga integratsiya qilish, ularning bandligini oshirish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qildi.

https://tsuos.uz/en/tdshuda-karyera-kuni-mehnat-yarmarkasi-o%CA%BBtkazildi/

17.06.2026, 10:52 41