Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh diplomatlar” klubi

2022-yil 16-dekabr kuni “Yosh diplomatlar” klubining navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. “Yoshlar va xalq diplomatiyasi: kelajak sari qadamlar” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bugun yurtimizda xalq diplomatiyasi xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylandi. So‘ngi yillarda sohaning institutsional asoslari yaratildi, ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Taʼkidlash joizki, egallangan bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, sohaga qiziquvchi yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aynan yoshlar qalblar muloqatiga asoslangan diplomatiya qadriyatlarining bardavomligini taʼminlovchi kuchdir. Joriy yilning 15-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalq diplomatiyasi va yoshlar: kelajak sari qadamlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Talabalarning xalq diplomatiyasi borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir universitetning “Yosh diplomatlar” klubi vakillarini qamrab oldi. Tadbirda xalq diplomatiyasining taniqli amaliyotchi va tadqiqotchilari, O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Otabek Alimardanov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professorlari Shuxrat Yovqochev va Durbek Sayfullayev o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

photo_2023-08-26_10-28-20

26.08.2023, 10:30 603