Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda samarali boshqaruv bo‘yicha islohot

BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 16-yo‘nalishi “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv” doirasida 2022-yil 22-noyabr kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan “Mehnat migratsiyasi bo‘yicha xalqaro forum – 2022” doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik memorandumi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Universitet xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mehnat bozorida talab etilgan mutaxassisliklar va chet tillari boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish, qayta oʻqitish, malakasini oshirish va ketishdan oldingi koʻniktirish, shuningdek, kasbiy malakasini test sinovdan oʻtkazish va tasdiqlash sohasida hamkorlikni amalga oshiradi. TDSHUda mazkur shartnoma doirasida, jumladan, Yaponiyaga borib ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolarga yapon tilini o‘qitish kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda bu orqali migratsiya sohasidagi mavjud muammolarni o‘rganish va ilmiy tadqiqotlarga jalb etish kabi masalalarni qoʻllab-quvvatlaydilar. Shu bilan birga, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining qator salohoyatli bitiruvchilari vazirlik tizimidagi ma’suliyatli lavozimlarda faoliyat yurutib, mazkur soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda, mazkur hamkorlik memorandumi har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lib, mamlakatimizda soha rivoji uchun samarali xizmat qilamiz.

photo_2023-08-04_22-10-46

05.08.2023, 11:53 548