Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Universitetning hukumat tomonidan tayinlangan vakillari

2024-yil 9-yanvar kuni TDSHU G‘arb tillari kafedrasi o‘qituvchilari Ibragimov Akbar va Sodiqova Dinora O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan “Yangi O‘zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilamiz” mavzusida o‘tkazilgan ingliz tili viktorinasi respublika bosqichida hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etib, Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, TDSHU professori va oʻqituvchilari ham bir qator xorijiy davlatlarning maxsus vakillari sifatida e’tirof etildilar. Masalan, Аrab filologiyasi kafedrasi mudiri, prof. Shomusаrov Shorustаm “Saudiya Аrabistoni podshohligi Tadqiqotlar va maʼrifiy aloqalar markazi maslahatchisi” etib tayinlandi. Bu haqda Saudiya Аrabistoni podshohligi Tadqiqotlar va maʼrifiy aloqalar markazi direktori prof. Yahyo Mahmud bin Junayd xabar berdi: “Professor Shorustam Shomusarov yuqori malakali tadqiqotchilardan boʼlib, Markaziy Osiyo mintaqasining madaniyati va ilmu-maʼrifati bilan Saudiya Аrabistoni xalqini tanishtirishda davom etib kelayotgan olimlardan sanaladi. Uning ilmiy mavqei va xizmatlari, chuqur tajribasini eʼtiborga olib, u Tadqiqotlar va maʼrifiy aloqalar markazi maslahatchisi etib tayinlandi. Uning tajribasi va bilimidan Markaziy Osiyo, xususan, Oʼzbekistonga oid ilm-u fandan foydalaniladi”.

2023-yil 1-iyul kuni Koreys filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, Ph.D. Abbasova Dilfuza Karimbek qizi ham Koreya Respublikasining Ta’lim vazirligidagi Xalqaro Koreya stipendiyasi (Global Korean Scholarship) davlat granti masalalari boʻyicha 2025-yilga qadar O‘zbekistondagi rasmiy vakili etib tayinlandi.

photo_2024-02-07_15-11-22

06.03.2024, 18:02 179