Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHUda “Sharqshunos talabalarning sport festivali–2025”

TDSHUda “Sharqshunos talabalarning sport festivali–2025” g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi hamda Velomarafon musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 20-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda O‘zbekiston Velosport Federatsiyasi hamkorligida “Sharqshunos talabalarning sport festivali–2025” doirasida navbatdagi sport loyihasi — “Velomarafon” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada universitetning velosportga qiziquvchi talabalari faol ishtirok etdi. Velomarafon sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni jismonan chiniqtirish hamda do‘stona muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining Toshkent shahar bo’limi bosh kotibi Abduaziz Abdurazzaqov hamda TDSHU rahbariyati tomonidan faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, tadbir so‘nggida “Sharqshunos talabalarning sport festivali–2025” g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va to‘yimli ovqatlanish masalalariga e’tibor qaratadi. Shuningdek, sport orqali yoshlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash, ularning kelajakdagi mehnat unumdorligini oshirish va jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish maqsad qilingan.

Shu bois, ushbu velomarafon nafaqat sport tadbiri, balki SDG 2 maqsadlari — ochlikka barham berish, to‘yimli ovqatlanishni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi kompleks ijtimoiy loyiha sifatida amalga oshirildi.

https://tsuos.uz/en/sharqshunos-talabalarning-sport-festivali-2025-golib-va-sovrindorlarini-taqdirlash-marosimi-hamda-velomarafon-musobaqasi-bolib-otdi/

17.06.2026, 08:39 11

    WordPress Lab Booking And Reservation Plugin for WooCommerce Booking System Booking365 – Responsive WordPress Appointment Plugin Bookingo – Course Booking System for WordPress Booklovers – Publishing House, Bookshop & BookStore WordPress Theme + RTL Bookly Advanced Google Calendar (Add-on) Bookly Authorize.Net (Add-on) Bookly Chain Appointments (Add-on) Bookly Compound Services (Add-on) Bookly Custom Duration (Add-on)