Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar bilan ishlashda psixologik barqarorlik

2023-yil 23-sentabr kuni TDShU psixologi B.Kalonova talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanuvchi, ularning psixologik holatiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkaza olishga mas’ul bo‘lgan fakultet tyutorlari ishtirokida “Talabalar bilan ishlash jarayonida psixologik barqarorlikni ta’minlash uslublari” mavzusida seminar-trening tashkil qildi. Unda talabalar hayotidagi muammolar, ularning ruhiy holatlari, talabalar bilan ishlashda muomala madaniyati to‘g‘risida fikr-mulahazalari bilan o‘rtoqlashdi. Seminar-trening davomida “SWOT tahlili” metodi orqali tyutorlar o‘z faoliyatlarini tahlil qilib, o‘zlarining kamchilik va yutuqlarini haqida so‘z yuritdilar. Shuning bilan bir qatorda, stress-menejmenti orqali murakkab holatlarni to‘g‘ri baholash va tushkun holatdan tez holi bolish mumkinligi psixolog tomonidan ta’kidlanib, kerakli tavsiyalar berildi.

photo_2024-02-07_14-52-32

07.02.2024, 14:54 384