Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU va Sankt Peterburg davlat universiteti o‘rtasida ilmiy seminar

2022-yil 24- dekabr kuni Sankt Peterburg davlat universitetining Sharq fakulteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari o‘rtasida ilmiy seminar o‘tkazildi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy faoliyat bilan yaqindan tanishish va muvofiqlashtirishdir.

Tadbirda tomonlar arabshunoslik, turkshunoslik va xitoyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar qilishdi. Tadbir yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, ushbu formatdagi uchrashuvlarni 2023- yilda ham davom ettirish, istiqbolda talabalar uchun stajirovkalar tashkil etish, ma’ruzachi professorlarni taklif etish, ilmiy nashrlar faoliyatini muvofiqlashtirish rejalashtirildi.

photo_2023-07-19_13-11-43

19.07.2023, 13:17 501