Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Universitetda mehnat muhofazasi: xavfsiz ish muhiti” seminar-treningi

2025-yil 2-iyul kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kasaba uyushmasi hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamkorligida universitet ishchi-xodimlari uchun “Universitetda mehnat muhofazasi: xavfsiz ish muhiti” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ishchi-xodimlar salomatligini muhofaza qilish va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan.

Seminarda kasaba uyushmasi raisi Ch. Qodirov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i Sh. Jo‘rayev hamda muhandis G. Habibullayeva ishtirok etib, ishtirokchilarga ish joyidagi xavfsizlik qoidalari, mehnat muhofazasi standartlari, sog‘liqni saqlash choralarining ahamiyati hamda kundalik ish faoliyatida xavfsizlik talablariga rioya qilish zarurati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi mehnat muhofazasi bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirilib, ularning huquq va majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bu esa ish joylarida xavfsiz mehnat muhitini shakllantirish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.

Mazkur seminar-trening xodimlarning mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sog‘lom va xavfsiz ish muhitini yaratish hamda barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi.

https://tsuos.uz/en/tdshuda-universitetda-mehnat-muhofazasi-xavfsiz-ish-muhiti-mavzusida-seminar-trening-bolib-otdi/

17.06.2026, 11:34 11

    WordPress Lab MyThemeShop Blogging WordPress Theme MyThemeShop Coupon WordPress Theme MyThemeShop eCommerce WordPress Theme MyThemeShop Magnus WordPress Theme MyThemeShop MoneyFlow WordPress Theme MyThemeShop MyBlog WordPress Theme MyThemeShop Newsmag WordPress Theme MyThemeShop NewsOnline WordPress Theme MyThemeShop Newspaper WordPress Theme MyThemeShop Point Pro WordPress Theme