Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi doirasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari tashrif buyurdi

01.05.2024, 10:43 109

2024- yilning 30- aprel sanasida TDSHUda “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasiga start berildi va loyihaning birinchi mehmonlari – O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, iste’dodli shoirlar Yahyoxon Fayoz va Jo‘rabek Jangirov universitetga tashrif buyurdi.
_MG_0846
 _MG_0841
 _MG_0854
Dastlab, tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” dasturi doirasida universitet hovlisiga daraxt ko‘chatlar ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
L79A9898
Undan so‘ng, TDSHU rahbariyati hamda Sirojiddin Sayyid va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
_MG_1226
 TDSHU Axborot-resurs markazida tadbirning asosiy qismi bo‘lib otdi. Unda Sirojiddin Sayyid rahbarligidagi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi vakillari universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashib, she’riyat va ma’rifat haqida suhbatlashdilar.
_MG_1271
Do‘stona-samimiy muloqot tarzida o’tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
_MG_1304
_MG_1282
_MG_1375
Ma‘lumot o‘rnida, bugungi “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi doirasidagi tadbirlar TDSHU Talabalar turar joyida davom etdi.
IMG_16032
Universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashib, gulxan atrofida she’riyat va ma’rifat haqida suhbatlashdilar
IMG_16034
IMG_16033
IMG_16031
_MG_16851
_MG_16853
_MG_16852
_MG_177811