Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professor-o‘qituvchilari Parkent tumanidagi bir nechta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

2025-yil 21-noyabr kuni Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Parkent tumanidagi 1-, 2- va 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv maktab rahbariyati va tarix fani o‘qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga, kafedra faoliyati, ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, tarixiy izlanishlar jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ilmga qiziqqan o‘quvchilar “Tarixchi ustaxonasi” to‘garagida ishtirok etishga taklif qilindi. Natijada ko‘plab o‘quvchilar “Sharqshunos tarixchi” to‘garagi kanali hamda  ushbu https://t.me/tarixchi_ustaxona kanallariga a’zo bo‘lishdi:

Maktab ma’muriyati bilan kelgusida o‘quvchi yoshlarni universitetda o‘tkaziladigan talabalar ilmiy konferensiyalariga taklif etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

18.06.2026, 11:47 66