Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisining TDSHUga tashrifi

2022-yil 24-dekabrda TDSHUga O‘zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyev tashrif buyurib, TDSHU Xitoyshunoslik fakultetining yangi binosida soha mutaxasslari ishtirokida hamkorligidagi vazifalar muhokamasi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida universitetda xitoyshunos kadrlarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, tajrimonlar bilan hamkorlikdagi yangi loyihalar, O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda TDSHU hamkorligida ta’sis etilayotgan O‘zbek-Xitoy ilmiy tadqiqot markazi faoliyati doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xalqaro jurnalistika talabalariga xitoylik mutaxassislar mahorat darslarini tashkil etish kabi qator masalalarda fikr almashildi. Shuningdek, xitoyshunos olimlar, tarjimonlar, talaba va tadqiqotchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.

Tadbir davomida TDSHU dotsenti, YUNESKO tashkilotining Xitoy Xalq Respublikasi Gansyu provinsiyasi assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi ta’lim masalalari boʻyicha maslahatchi Hasanova Feruza Mirzabekovna O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi tomonidan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Shuningek, O‘zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyevga TDSHU xitoyshunos olimlari tomonidan ularning mazkur sohadagi oxirgi yangiliklar hamda dolzarb muammolar tahliliga bag‘ishlangan so‘nggi yillarda nashr etilgan kitoblari sovg‘a qilindi.

Tadbir so‘ngida, O‘zbekiston hamda Xitoy davlatlari o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirish hamda mazkur sohada tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.

photo_2023-07-19_12-26-30

19.07.2023, 12:30 596