Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

«Wiki-stipendiya» marafoni

Bugungi kunda dunyodagi eng yirik ma’lumotlar bazasi – Wikipedia ochiq internet ensiklopediyasiga maqolalarning 63 foizi ingliz tili, 6,9 foizi rus tili, 4 foizi turk tili va boshqa tillarda kiritilgan. O’zbek tilidagi maqolalar 0,1 foizdan ham kam ko’rsatkichni tashkil qilganligi sabab Yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Wiki-stipendiya» marafonini e’lon qildi. Bundan asosiy maqsad internet tarmog‘ida o’zbek tilidagi foydali ma’lumotlarni ko’paytirishdan iborat.

Shuningdek, g’oliblar: 1-o’rin 50 mln so’m, 2-o’rin 40 mln so’m, 3-o’rin 30 mln so’m pul mukofotlari bilan, bundan tashqari, eng faol beshtalikning har biri 20 mln so’m, eng faol o’ntalikning har biri esa 10 mln so’mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlash rejalashtirildi.

2022-yil 4-noyabr kuni TDSHUda Yoshlar ishlari agentligi hamda WikiStipendiya marafoni ma’sullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. O‘zbekistonda ilk bor Yoshlar ishlari agentligi hamda WikiStipendiya marafoni va UzbekVoice loyihasi doirasida hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ma’sullar ishtirokida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Universitet qoshida WikiSharqshunos guruhini tashkil etish, loyihada faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantirish, ularga yetarli sharoitlarni yaratib berishni takidlab o‘tdi.

photo_2023-08-26_10-25-31

26.08.2023, 10:27 614