Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Hindistonlik professor TDSHU talabalariga ma’ruza qildi

03.10.2026, 17:25 Yangiliklar 30

Joriy yilning 30-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Hindiston – Markaziy Osiyo jamg‘armasi direktori, MERI Xalqaro tadqiqotlar markazi rahbari, professor Ramakant Dvivedi ishtirokida ma’ruza tashkil etildi.

Unda professor Ramakant Dvivedi “Hindiston va O‘zbekiston munosabatlari: Hindiston Bosh vaziri N. Modining O‘zbekistonga tashrifi tahlili” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruza davomida Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy ildizlari, ikki xalqni asrlar davomida bir-biriga bog‘lab kelgan do‘stlik va madaniy aloqalar, shuningdek, bugungi kunda izchil rivojlanib borayotgan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari haqida batafsil fikr yuritildi.

Professor, shuningdek, Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbollari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

Tadbir yakunida talabalar professor Ramakant Dvivediga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, faol fikr almashdilar. Mazmunli muloqot talabalar uchun xalqaro munosabatlar sohasidagi nazariy bilimlarini amaliy tahlil va ekspert fikrlari bilan boyitish imkonini berdi.