“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Diniy ishlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi Nomozov G‘ofur hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Ismatov Mas’ud ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, diniy bag‘rikenglik va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan talabalarga turli yot g‘oyalarning oldini olish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda ilm-ma’rifat orqali komil insonni tarbiyalash masalalari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida ma’rifatni keng targ‘ib etish, ularni turli zararli g‘oyalardan asrash hamda ongli, bilimli avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.





