Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mening ismim Bekbashev Bikejan

15.04.2020, 16:13 1781

Mening ismim Bekbashev Bikejan, Rossiya Federatsiyasining fuqarosiman. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 3-kursida tahsil olaman. Hozirgi kunda butun dunyo COVID-19 koronavirusi pandemiyasiga yuzlashgan. Ayni vaqtda dunyo bo’ylab ikki millionga yaqin odam ushbu virus bilan kasallangan va buning natijasida ko’plab mamlakatlarda karantin joriy etilgan.

O’zbekiston hukumati pandemiyani oldini olish uchun o’z vaqtida choralar ko’rmoqda, ularning samaradorligi shubhasizdir. Ushbu ehtiyot choralari tufayli kasallik tarqalishining Xitoy, Italiya va AQShdagi holat kabi keng miqyosda tarqalib ketishi oldi olindi.

Karantin davrida barcha o’qishlar masofaviy ta’lim olish uslubiga o’tkazildi, ammo bu holat darslar darajasiga, o’quv materiallarini o’zlashtirishga ta’sir qilmadi. Darslar o’z vaqtida jadval bo’yicha rejalashtirilgan vaqtda o’tilmoqda. Farqi shundaki, talabalar faqat uyda bo’lishadi.

Shu o’rinda institutimiz Xalqaro hamkorlik bo’limi xodimlarining bizga bo’lgan e’tiborlarini alohida qayd etmoqchiman, ular chet ellik talabalarga g’amxo’rlik qilishadi, ularga muhim yangiliklar, ma’lumotlarni etkazishadi va turli masalalar bo’yicha maslahat berishadi.

O’zbekiston hududida davlat tomonidan olib borilayotgan barcha chora-tadbirlar shak-shubhasiz mamlakatda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning, shu o’rinda biz xorijliklarning sog’lig’ini va hayotini saqlab qolishga qaratilgan. Men ham karantin tartib-qoidalariga to’liq rioya qilib kelmoqdaman.

 Facebook | Telegram | Instagram | YouTube