“Milliy va zamonaviy moda uyg‘unligi, biznes va ta’limda muvaffaqiyat siri” mavzusida davra suhbat
TDSHUda talabalar uchun “Milliy va zamonaviy moda uyg‘unligi, biznes va ta’limda muvaffaqiyat siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Madina International” o‘quv markazi hamda “Madina Kidsland” maktabgacha ta’lim muassasasi direktori Madina Yusuf qizi va “GiGU” brendi asoschisi, “GiGu moda akademiyasi” rahbari Gulchehra Yunusova ishtirok etdi.
Suhbat davomida mehmonlar moda va milliy qadriyatlar uyg‘unligi, zamonaviy biznes yuritish tajribasi, ta’lim sohasidagi faoliyat hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi muhim omillar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlarni kreativ fikrlash, o‘z ustida ishlash va zamonaviy kasblarni egallashga undovchi tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mehmonlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.







