Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Milliy va zamonaviy moda uyg‘unligi, biznes va ta’limda muvaffaqiyat siri” mavzusida seminar (workshop) tashkil qilindi

08.05.2026, 15:23 Yangiliklar 766

TDSHUda bitiruvchi kurs talabalari uchun “Milliy va zamonaviy moda uyg‘unligi, biznes va ta’limda muvaffaqiyat siri” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirda “Madina International” o‘quv markazi hamda “Madina Kidsland” maktabgacha ta’lim muassasasi direktori Madina Yusuf qizi va “GiGU” brendi asoschisi, “GiGu moda akademiyasi” rahbari Gulchehra Yunusova ishtirok etdi.

Seminar davomida mehmonlar moda va milliy qadriyatlar uyg‘unligi, zamonaviy biznes yuritish tajribasi, ta’lim sohasidagi faoliyat hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi muhim omillar haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlarni kreativ fikrlash, o‘z ustida ishlash va zamonaviy kasblarni egallashga undovchi tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mehmonlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.