Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Navoiyni anglash sari” kitobi Turkiyada chop etildi

24.11.2021, 11:51 Yangiliklar 2878

Joriy yil yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, Alisher Navoiyga oid tadqiqotlar sarhisobini o‘rinli deb topdik.

Yaqinda navoiyshunos olim, f.f.d. Аftondil Erkinovning Navoiy ijodiga oid oʼzbek tilidagi maqolalari to‘plami Turkiyaning Anqara shahrida chop etildi.

2

To‘plam Alisher Navoiy hayoti, ijodi, faoliyati va Temuriylar adabiy muhitidagi o‘rni haqida bo‘lib, ilmiy, ilmiy-ommabop maqola va adib ijodiga oid materiallardan iborat.

Maqolalar Alisher Navoiy ijodini zamonamiz kitobxonlari tushunishi, anglashi va qabul qilishi, shoir ijodidagi ijtimoiy muhit bilan munosabat, navoiyshunoslik tarixi va navoiyshunos olimlar, Navoiy asarlarining qoʼlyozmadagi hayoti, Navoiyning keyingi davr oʼzbek mumtoz adabiyoti va Usmoniylar adabiyotiga taʼsiri kabi masalalarga bag‘ishlangan.

TDSHU Matbuot xizmati