Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Navoiyni anglash sari” kitobi Turkiyada chop etildi

24.11.2021, 11:51 Yangiliklar 1464

Joriy yil yurtimizda Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, Аlisher Navoiyga oid tadqiqotlar sarhisobini o‘rinli deb topdik.

Yaqinda navoiyshunos olim, f.f.d. Аftondil Erkinovning Navoiy ijodiga oid oʼzbek tilidagi maqolalari to‘plami Turkiyaning Аnqara shahrida chop etildi.

2

To‘plam Аlisher Navoiy hayoti, ijodi, faoliyati va Temuriylar adabiy muhitidagi o‘rni haqida bo‘lib, ilmiy, ilmiy-ommabop maqola va adib ijodiga oid materiallardan iborat.

Maqolalar Аlisher Navoiy ijodini zamonamiz kitobxonlari tushunishi, anglashi va qabul qilishi, shoir ijodidagi ijtimoiy muhit bilan munosabat, navoiyshunoslik tarixi va navoiyshunos olimlar, Navoiy asarlarining qoʼlyozmadagi hayoti, Navoiyning keyingi davr oʼzbek mumtoz adabiyoti va Usmoniylar adabiyotiga taʼsiri kabi masalalarga bag‘ishlangan.

TDSHU Matbuot xizmati