TDSHU rektori G.Rixsiyeva «Barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari»ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy davra suhbati ishtirok etdi.
Tadbir davomida barqaror rivojlanishning ijtimoiy yo‘nalishlari, xususan, oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatining asosiy maqsadi Barqaror rivojlanish maqsadlarini milliy sharoitda samarali amalga oshirish jarayonida oila institutining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rnini ilmiy jihatdan tahlil qilish, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat natijalarini muhokama etishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur tadbirda universitet rektori G. Rixsiyeva ham ishtirok etib, xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi, jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi hamda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Davra suhbatida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.