Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

O‘sh davlat universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

29.10.2026, 14:09 Yangiliklar 70

2026-yil 29-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga O‘sh davlat universiteti Sharqshunoslik instituti direktori Joldoshbek Botonoyev hamda «Sharqshunoslik» kafedrasi mudiri Sultanbek Matnazarov o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida tashrif buyurdi. Muzokaralarda TDSHU rektori, professor Soadat Nasirova, o’quv ishlari prorektori Zuhriddin Alimov, fakultet dekanlari Mirzohid Askarov, Samida Mustafayevalar ishtirok etishdi.

Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida do‘stona va samarali muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda asosan quyidagi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama etildi:
-Sharq tillarini o‘qitish sohasida tajriba almashish va amaliy dasturlarni yo‘lga qo‘yish;
– Tarixiy qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish va ularni ilmiy muomalaga kiritish;
-Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va loyihalarni amalga oshirish. Uchrasuvda o’zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.