Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti kafedrasi

  Ermamatov Shonazar Jumakulovich
Ilmiy darajasi va unvoni: Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-16:00)
Telefon: +99890 935-14-49
E-mail: shonazar_ermamatov@tsuos.uz

“Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi

Bazaviy kafedra hisoblangan “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil 15-maydagi 01-son majlisi qaroriga muvofiq “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm” fakulteti tarkibida sharq mamlakatlari iqtisodiyoti boʼyicha zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, mehnat bozori uchun raqobatbardosh, yuqori malakali iqtisodchi va mamlakatshunos kadrlar tayyorlash maqsadida “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi asosida qayta tashkil etilgan. Hozirgi paytda kafedrada 60411800 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha va 70411801 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) mutahassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Kafedraning ilmiy loyhasi

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʼnalishi “Xorijiy sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va iqtisodiy aloqalarining nazariy va amaliy masalalari” boʼlib, kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-oʼqituvchilar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʼnalishi boʼyicha soʼnggi uch yil davomida kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 2 ta monografiya, xorijiy jurnallarda 12 ta, Oʼzbekiston Respublikasi OАK eʼtirof etgan respublika ilmiy jurnallarida 20 ta, respublika miqyosidagi anjumanlarda 100 dan ziyod maqolalar chop etildi. Hozirgi kunda har bir kafedra aʼzosi oʼziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy rahbarlari bilan kelishilgan holda tuzilgan kalendar ish rejalariga muvofiq ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqdalar.

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
  • “Sredazsvetmetenergo” AO
  • Toshkent moliya instituti
  • Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
  • Qozon davlat federal universiteti
  • Sankt-Peterburg universiteti
  • Misr Helwan universiteti
  • Tehron Tabatabai universiteti
  • Rossiya oliy iqtisodiyot maktabi

Kafedraning faoliyati boyicha fotolavhalar

13.02.2023, 22:49 9761