Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Sport — salomatlik garovi“ sport musobaqalari o‘tkaziladi

03.10.2026, 20:03 E'lonlar 29

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o’ttiz besh yilligi munosabati bilan “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramlariga bag’ishlab “Уаgona Vatan, уаgona хаlq  bo’lib, yangi hayot va kеlajak yaratamiz!” bosh ezgu g‘oya ostida universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari  o‘rtasida sportning quyidagi turlari bo‘yicha “Sport — salomatlik garovi“ sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Mini-futbol (erkaklar)
🟢 Shaxmat (ayollar, erkaklar)
🏓 Stol tennis (ayollar, erkaklar)
🟢 Shashka   (ayollar, erkaklar)
🏸 Badminton (ayollar, erkaklar)
Darts (ayollar, erkaklar)

🏆 G‘olib guruhlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi va Toshkent shahar bosqichiga tavsiya etiladi.

Sport musobaqalari Konfutsiy instituti sport zalida o‘tkaziladi.

Boshlanish vaqti: 10-oktabr, 09.30 da

Sport musobaqalarida ishtirok etuvchi guruhlarning talabnomalarini 8-oktabr kuni soat 17:00 ga qadar TDSHU Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga taqdim etishingizni so‘raymiz. Kafedralar va oliy maktablar talabnomalarni institut direktorlarining o‘rinbosarlari hamda fakultet dekanlarining muovinlari orqali, bo‘limlar esa mas’ul shaxs orqali taqdim etishlari lozim.

TALABNOMA NAMUNASI

Murojaat uchun telefonlar:

90-175-04-46 — Ch. Xusanov
90-957-35-70 — G. Xabibullayeva
93-545-65-96 — D. Eshov

 

  • Mazkur sport musobaqasida talaba, tadqiqotchi va ilmiy izlanuvchilarning ishtirok etishlariga ruxsat berilmaydi.
  • Musobaqalarda talim muassasalarida asosiy shtatda ishlaydigan va 25 yoshdan katta bo‘lgan xodimlar ishtirok etadi.
  • Musobaqalar mazkur tashkilotda kamida 6 oydan buyon uzluksiz ishlayotgan sog‘lom xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi, nogironligi bor xodimlarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Ishtirokchilarning aynan bir sport turi bo‘yicha sport ustasi bo‘lishi yoki mutaxassislikka egaligi – o‘sha sport turi bo‘yicha musobaqada ishtirok etishlari qat’iyan man etiladi.